Oqmachit mahallasida yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi
2026-11-25 16:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan “Og‘ir mahalla” dasturi asosida Dehqonobod tumanida ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
Jumladan, tuman markazidan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan Oqmachit mahallasida dastur doirasida avvalroq 5 kilometr 300 metr ichki yo‘llar asfaltlashtirilgan edi. Endilikda mahallada barcha zarur sharoit va qulayliklarga ega zamonaviy mahalla ma’muriy binosi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.
Yangi binoning ochilish marosimida tuman prokurori Otabek Usanov, tuman IIB boshlig‘i Ibrohim Namozov hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Bahodir Omonov ishtirok etib, mahalla ahlini yangi bino bilan tabrikladi.
Tadbir davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahalla binosi atrofiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi.
Mahalla nuroniylari va faollari hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va osoyishtaligini so‘rab duolar qildilar.
Yangi mahalla binosi fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini joyida hal etish hamda mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashda muhim maskan bo‘lib xizmat qiladi.
Kanalga ulanish: @Dehqonobodpress









