“Yashil makon”: Nodira mahallasida yangi bog‘ tashkil etildi
2026-11-25 09:30:00 / Yangiliklar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Dehqonobod tumanining Nodira mahallasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, yangi mahalla bog‘i tashkil etildi.
Bog‘ hududiga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, yashil maydonlar kengaytirildi. Natijada mahalla aholisi uchun yanada so‘lim va ko‘rkam maskan yaratildi.
Ushbu ezgu ishlar ekologik muhitni yaxshilash, tabiatni asrash, yashil hududlarni ko‘paytirish hamda kelajak avlodga musaffo atrof-muhitni meros qoldirishga qaratilgan.
Zero, ko‘chat ekish bilan ish yakunlanmaydi. Har bir niholni parvarishlash, asrab-avaylash va uning yashab ketishini ta’minlash barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress








