Harbiy xizmatchilar oilalaridagi ayollar uchun kasanachilik faoliyati taklif etilmoqda
2026-11-06 14:30:00 / Yangiliklar

Dehqonobod tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish va kasanachilik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
Jumladan, tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor-kasanachilar Gulnoza Jo‘rayeva va Umida Shukurova tomonidan tumandagi harbiy qismlar hamda harbiy shaharchalarda istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Muloqotlar davomida ayollarga kasanachilik faoliyatining mazmun-mohiyati, mavjud imkoniyatlar va ish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berilib, ularga hamkorlik asosida ishlash taklif etildi.
Uchrashuvlar natijasida bir qator ayollarda kasanachilik faoliyatiga qiziqish uyg‘onib, kelgusida hamkorlik qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Bu kabi tashabbuslar xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va oilalar daromadini oshirishga xizmat qiladi.



