Dehqonobod tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-11-13 14:35:00 / Yangiliklar

Dehqonobod tumanidagi Davlat xizmatlari markazida tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligida navbatdagi ommaviy fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini bevosita tingladilar.
Qabul davomida fuqarolar uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar, ijtimoiy yordam va boshqa masalalar yuzasidan murojaat hamda takliflarini bildirdilar. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ayrim murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini ta’minlash va natijasi bo‘yicha murojaat mualliflariga belgilangan tartibda javob berish zarurligi ta’kidlandi.
Kanalga ulanish: @Dehqonobodpress









