Dehqonobod yoshlari — viloyat voleybol musobaqasi g‘oliblari: yigitlar va qizlar jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi!
2026-11-04 10:00:00 / Yangiliklar

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Qashqadaryo viloyati bosqichida Dehqonobod tumani sharafini himoya qilgan 1-sonli texnikumning yigitlar va qizlar jamoalari faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2026-yil 2-noyabr kuni yigitlar jamoasi, 3-noyabr kuni esa qizlar jamoasi ishtirokida o‘tkazilgan musobaqalarda yosh sportchilarimiz munosib tayyorgarlik, jamoaviy hamjihatlik va sport mahoratini namoyish etib, viloyat chempionligiga erishdilar.
Har ikki jamoaning birdek g‘oliblikni qo‘lga kiritgani tumanda yoshlar sportini rivojlantirish, ularning jismoniy salomatligini mustahkamlash va iqtidorini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlarning quvonarli natijasidir.
Dehqonobod tumani hokimligi musobaqa g‘oliblarini, ularning ustoz-murabbiylarini hamda 1-sonli texnikum jamoasini ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etadi.
Yosh sportchilarimizga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi marralar va omad tilaymiz!
Kanalga ulanish: @Dehqonobodpress




