Mustaqillik mahallasida infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda
2026-11-03 10:50:00 / Yangiliklar

Dehqonobod tumanining Mustaqillik mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–49-sonli qarori doirasida amalga oshirilayotgan “Og‘ir mahalla” dasturi asosida aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan qator infratuzilma loyihalari olib borilmoqda.
Jumladan, mahallaning o‘zida ikkita yangi ko‘prik qurilmoqda. Ulardan biri To‘dachorbog‘ qishlog‘ida piyodalar harakati uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ikkinchisi Qorahavol qishlog‘ida yengil avtomobillar qatnovini ta’minlashga xizmat qiladi. Ayni paytda har ikki inshootda qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Shuningdek, To‘dachorbog‘ va Qo‘tirbuloq qishloqlarida yangi transformatorlar o‘rnatilib, qoniqarsiz holatga kelgan elektr simyog‘ochlari yangilariga almashtirildi. Natijada hududlarda elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirildi.
Ushbu loyihalar yakunlanishi bilan mahallada transport qatnovi va elektr ta’minoti bilan bog‘liq qulayliklar yanada ortadi.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress






