Nurli kelajak mahallasida infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda
2026-11-02 10:35:00 / Yangiliklar

Dehqonobod tumanining Nurli kelajak mahallasida “Og‘ir mahalla” dasturi, Prezidentning PQ–49-sonli qarori doirasida aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan qator ishlar olib borilmoqda.
Xususan, mahallada elektr ta’minoti barqarorligini yaxshilash maqsadida 250 kVA quvvatga ega yangi transformator o‘rnatilib, eskirgan elektr simyog‘ochlari yangilariga almashtirilmoqda.
Shuningdek, ichki yo‘llarning bir qismi asfaltlashtirilib, aholining qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratilmoqda. Ayni paytda mahalla fuqarolar yig‘ini uchun zamonaviy talablarga mos yangi ma’muriy bino qurilishi ham davom etmoqda.
Ushbu ishlar yakunlangach, mahallada elektr ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sharoitlari yanada yaxshilanadi.
Kanalga ulanish: @Dehqonobodpress



