📢 DIQQAT, E’LON! ✂️ Tikuvchilik bo‘yicha hunaringiz yoki ish oʻrganish istagingiz bormi? Unda bu taklif aynan siz uchun!
2026-10-29 10:10:00 / Yangiliklar

🏢 Dehqonobod tumanidagi Zarafshon Tekstil tikuvchilik fabrikasi 18–40 yosh oralig‘idagi xotin-qizlarni ishga taklif etadi. Tajribaga ega boʻlmagan xodimlarga masterlar tomonidan ish oʻrgatiladi.
👗 Bo‘sh ish o‘rinlari:
🧵 Tikuvchilik — asosiy ishlab chiqarish liniyasi.
♨️ Dazmolchilik — tayyor mahsulotlarga yakuniy ishlov berish.
📦 Qadoqlash (upakovka) — mahsulotlarni tartibli qadoqlash.
✂️ Tozalash (chistka) — iplarni tozalash va mahsulotni tayyor holatga keltirish.
✅ Ish sharoitlari:
🤝 Ishning dastlabki 2 oyi davomida, to‘liq o‘rganish davrida 1 500 000 so‘m oklad to‘lanadi.
💸 Keyinchalik ish haqi tikilgan mahsulot hajmi va sifatiga qarab sanoq (ishbay) usulida muntazam to‘lab boriladi. Hozirda tajribali tikuvchilar 3 000 000 soʻmdan 5 000 000 soʻmgacha daromad koʻrishmoqda.
🚐 Bir hududdan qatnaydigan xodimlar soniga qarab bepul avtobus xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
🍽️ Barcha xodimlar uchun bepul tushlik taqdim etiladi.
📞 Murojaat uchun telefon:
+998 93 331 66 23
+998 93 153 84 98
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress









