Dehqonobod tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-10-17 11:15:00 / Yangiliklar

Dehqonobod tumanidagi Davlat xizmatlari markazida tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligida navbatdagi ommaviy fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini bevosita tingladilar.
Qabul davomida fuqarolar uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar, ijtimoiy yordam va boshqa masalalar yuzasidan murojaat hamda takliflarini bildirdilar. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ayrim masalalar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini bevosita o‘rganish, murojaatlarni qonuniy tartibda hal etish hamda davlat idoralari va fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress





