Yoshlar murojaat va takliflari — e’tibor markazida
2026-10-27 10:15:00 / Yangiliklar
Dehqonobod tumani hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Mahmudov Yoshlar ishlari bo‘limida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.
Muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ishga joylashish hamda ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Ko‘tarilgan masalalar yechimi yuzasidan tegishli soha mas’ullariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress





