🛣️ Foto: “Tashabbusli budjet” — Yangi hayot va Nurli kelajak mahallalarini bog‘lovchi yo‘l asfaltlashtirildi
2026-10-07 10:30:00 / Yangiliklar

Dehqonobod tumanining olis hududlarida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholining kundalik qatnovini yengillashtirish va mahallalar o‘rtasidagi transport aloqasini yanada yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Navbatdagi loyiha “Tashabbusli budjet” tashabbusi asosida amalga oshirildi. Yangi hayot mahallasidan Nurli kelajak mahallasiga borish yo‘lini asfaltlashtirish loyihasi aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, 4 851 ta ovoz bilan g‘olib bo‘ldi.
Loyiha doirasida 3 279 metr yo‘l asfaltlashtirilib, barcha ishlar to‘liq yakunlandi.
Yangi asfalt qoplamasi mahallalar o‘rtasidagi qatnovni yanada qulaylashtirib, aholining tuman markazi va boshqa hududlar bilan transport aloqasini yaxshilashga xizmat qiladi. Shuningdek, yo‘lning ravon holga keltirilishi aholi tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish va kundalik ehtiyojlar uchun harakatlanishda ham muhim qulaylik yaratadi.
Eng muhimi, mazkur loyiha aholining bevosita tashabbusi va ovozi asosida amalga oshirildi. Bu esa “Tashabbusli budjet” orqali fuqarolarning o‘z hududidagi muhim muammolarni belgilash va ularni amaliy hal etishdagi ishtiroki tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Bugun yangi va ravon yo‘ldan foydalanayotgan mahalla aholisi yaratilgan qulayliklardan mamnunligini bildirib, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari uchun minnatdorliklarini izhor etmoqda.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress



