🏗️ Dehqonobod tumani hokimi va prokurori olis mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi
2026-10-02 15:35:00 / Yangiliklar

Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov va tuman prokurori Otabek Usanov tumanning olis hududlarida joylashgan Boshchorbog‘ va Chilgaz mahallalarida bo‘lib, hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida mahallalarda Prezident farmon va qarorlari hamda davlat dasturlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, yo‘l, elektr ta’minoti, obodonlashtirish, ijtimoiy obyektlar va boshqa infratuzilma yo‘nalishlaridagi ishlarning holati o‘rganildi.
Mas’ullar bilan birgalikda mavjud muammolar muhokama qilinib, ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, ijtimoiy obyektlardan samarali foydalanish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Shuningdek, hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining samaradorligini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress




