Navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
2026-09-11 17:10:00 / Yangiliklar

Dehqonobod tumanida yoshlar bilan ishlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi mas’ullar, tegishli tashkilot va idoralar vakillari, 85-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi yoshlari, oliy ta’lim muassasalariga kirish istagidagi yoshlar, band bo‘lmagan yoshlar hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi yoshlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Ayniqsa, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va boshqa ko‘maklardan foydalanish tartibini tushuntirishga alohida e’tibor qaratildi. Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Bobomurod Abdiyev hamda tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdiraimov tomonidan yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud kredit yo‘nalishlari va ulardan foydalanish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etish, ularni o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirish hamda bu borada zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida barcha yoshlar yetakchilariga tegishli topshiriq va ogohlantirishlar berildi. Avvalo, yoshlar yetakchilarining o‘zlari tadbirkorlik faoliyatida yoshlarga munosib namuna bo‘lishlari, shuningdek, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘g‘ri va aniq tushuncha berib, ularni tegishli yo‘nalishlarga yo‘naltirishlari hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatishlari zarurligi ta’kidlandi.
Belgilangan vazifalar yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishiga ko‘maklashishga qaratildi.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress









