Fuqarolar murojaatlari – eʼtibor markazida
2026-10-06 10:35:00 / Yangiliklar

Dehqonobod tumani hokimining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Sardor Mahmudov Yangi O'zbekiston mahallasidagi 97-umumiy o'rta ta'lim maktabida murojaat bilan kelgan fuqarolarni qabul qildi va ularning muammolarini tingladi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar atroflicha oʻrganildi.
Koʻtarilgan masalalarning yechimi boʻyicha tegishli soha masʼullariga aniq topsiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Ayrim murojaatlar boʻyicha esa fuqarolarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

