Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
2026-09-07 14:05:00 / Yangiliklar

Dehqonobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Usmonov tomonidan tuman hokimligiga turli masalalar yuzasidan murojaat bilan kelgan fuqarolarning murojaat va muammolari tinglandi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, tadbirkorlik, kommunal soha, yer munosabatlari hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi.
Ko‘tarilgan masalalarning yechimi yuzasidan tegishli soha mas’ullariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Kanalga ulanish:


