Dehqonobodda yosh sportchilarga sport kiyimlari topshirildi
2026-08-22 11:35:00 / Yangiliklar

✅ Dehqonobodda yosh sportchilarga sport kiyimlari topshirildi
🇺🇿 Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Dehqonobod tumanida yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ezgu tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda.
Shu munosabat bilan Dehqonobod tumani sport maktabida yosh sportchilar uchun tantanali tadbir tashkil etildi. Unda sport maktabida muntazam shug‘ullanib kelayotgan barcha tarbiyalanuvchilarga sport kiyimlari topshirildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi, Dehqonobod tumani hokimligi hamda tuman sport maktabi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimligi vakillari, sport sohasi mutasaddilari, murabbiylar hamda yosh sportchilar ishtirok etdi.
Yosh sportchilarga bildirilayotgan bunday e’tibor ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, mashg‘ulotlarga muntazam va yuqori kayfiyatda qatnashishiga rag‘bat berish bilan birga, kelgusida yanada yuksak natijalarga erishishlari uchun muhim motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.
Quvonarlisi, ushbu sport kiyimlari Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Dehqonobodlik yosh sportchilarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi, bayram arafasidagi munosib tuhfalardan biri bo‘ldi.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress







