✅ Oydin yo‘l mahallasida fuqaro imtiyozli kredit asosida parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi
2026-08-12 07:15:00 / Yangiliklar

✅ Oydin yo‘l mahallasida fuqaro imtiyozli kredit asosida parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi
Dehqonobod tumanining Oydin yo‘l mahallasida aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanilmoqda.
Jumladan, Oydin yo‘l mahallasi Kelajak ko‘chasida yashovchi fuqaro Alieva Gulnoz mahalla hokim yordamchisi ko‘magida parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 50 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘ini oldi.
Ajratilgan mablag‘lar hisobidan 1 000 dona broyler jo‘ja xarid qilinib, parvarishlash uchun zarur yem-xashak va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlandi. Fuqaro faoliyatini yo‘lga qo‘yganidan buyon parrandalarni ikki marotaba aylantirib, to‘rt oy davomida 10–12 million so‘m atrofida daromad olishga erishgan.
Eng muhimi, mazkur faoliyat orqali fuqaro o‘zini o‘zi band qilish bilan birga, oilasi uchun qo‘shimcha va barqaror daromad manbaini shakllantirmoqda.
— Yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, parrandachilik faoliyatini boshlab yubordim. Kelgusida faoliyatimni yanada kengaytirib, parrandalar sonini 3 ming boshga yetkazishni maqsad qilganman. Buning uchun astoydil harakat qilyapman, — deydi Gulnoz Alieva.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yaratilayotgan bunday imtiyoz va imkoniyatlar mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Fuqaro Gulnoz Alieva ham o‘z faoliyatini kengaytirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress






