Yangiobod mahallasi fuqarolarining murojaatlari tinglandi
2026-07-13 22:10:00 / Yangiliklar

Yangiobod mahallasi fuqarolarining murojaatlari tinglandi
Dehqonobod tumanida aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joylarda oʻrganish va ularning yechimini taʼminlashga qaratilgan sayyor qabullar navbatdagi manzil sifatida Yangiobod mahallasida tashkil etildi.
Unda Dehqonobod tumani hokimi oʻrinbosarlari, tuman tashkilot va idoralari rahbarlari hamda tegishli soha mutaxassislari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni atroflicha koʻrib chiqdilar.
Ochiq muloqot davomida elektr va gaz taʼminoti, ichimlik suvi, ichki yoʻllarni taʼmirlash, sogʻliqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya, yer va kadastr, qurilish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan koʻtarilgan murojaatlar masʼullar ishtirokida muhokama qilindi.
Qabul yakunida joyida hal etilishi mumkin boʻlgan masalalar yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan murojaatlar esa masʼul tashkilotlarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Aholi manfaatlariga xizmat qilayotgan bunday sayyor qabullar fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilish imkoniyatini yanada kengaytirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish va xalq bilan ochiq muloqotni taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress


