Togʻaytemir mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul oʻtkazildi
2026-07-13 16:50:00 / Yangiliklar

Togʻaytemir mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul oʻtkazildi
Dehqonobod tumanida aholi murojaatlarini joylarda oʻrganish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabullar Togʻaytemir mahallasida davom ettirildi.
Sayyor qabulda Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosarlari, tuman tashkilot va idoralari rahbarlari hamda tegishli soha mutaxassislari ishtirok etib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
Qabul davomida elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minoti, yoʻl infratuzilmasi, kommunal xizmatlar, sogʻliqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya, kadastr va yer munosabatlari, qurilish hamda boshqa yoʻnalishlarga oid murojaat va takliflar atroflicha koʻrib chiqildi.
Murojaatlarning bir qismi mas’ul tashkilotlar tomonidan joyida ijobiy hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Mahallalarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar davlat organlari va fuqarolar oʻrtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, aholini oʻylantirayotgan masalalarni oʻz vaqtida aniqlash hamda ularni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress




