Faol yoshlar va bitiruvchilar munosib taqdirlandi
2026-06-21 08:50:00 / Yangiliklar

🏅 Faol yoshlar va bitiruvchilar munosib taqdirlandi
Boshchorbogʻ mahallasida oʻtkazilgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida faol va iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish marosimi ham boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Chashmamiron, Boshchorbogʻ, Chilgaz va Sarchashma mahallalaridagi 5 ta umumtaʼlim maktabi bitiruvchilari orasidan 14 nafar oltin medal hamda 1 nafar kumush medal sohibi tantanali ravishda taqdirlandi.
Shuningdek, “Shijoat va gʻayrat” harbiy-vatanparvarlik musobaqalarida faol ishtirok etgan jamoalarga Dehqonobod tumani hokimligining Tashakkurnomalari va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Hududda yoshlar bilan ishlashda tashabbuskorligi va samarali faoliyati bilan ajralib turgan mahalla yoshlar yetakchilari ham munosib eʼtirof etilib, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Mukofotlarni Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov hamda tuman prokurori Otabek Usanov tantanali ravishda oʻz egalariga topshirdi.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress






