Kuy-qoʻshiqlar va shoʻx raqslar festivalga yanada fayz bagʻishladi
2026-06-21 08:50:00 / Yangiliklar

🎤 Kuy-qoʻshiqlar va shoʻx raqslar festivalga yanada fayz bagʻishladi
Boshchorbogʻ mahallasida oʻtkazilayotgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida ishtirokchilar uchun mazmunli konsert dasturi namoyish etildi.
Tadbir davomida oʻzbek estradasining taniqli xonandasi Zarifjon Safarov, Janubi-gʻarbiy maxsus okrugi harbiy orkestri xonandalari hamda Dehqonobod tumani Madaniyat boʻlimining isteʼdodli sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan dilbar kuy-qoʻshiqlar festival ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashdi.
Shoʻx va jozibador raqslar bilan bezatilgan konsert dasturi Chashmamiron, Boshchorbogʻ, Chilgaz va Sarchashma mahallalaridan tashrif buyurgan yoshlar hamda fuqarolarga unutilmas lahzalarni tuhfa etib, festivalning bayramona ruhini yanada yuksaltirdi.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress








