⚡️ Bo‘ston mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari davom etmoqda
2026-06-05 12:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-son qarori ijrosi doirasida Dehqonobod tumanining Bo‘ston mahallasida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan qurilish va rekonstruksiya ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, mahallaning Baxt va Bahor ko‘chalarida elektr ta’minoti sifatini yanada yaxshilash maqsadida yangi tayanch ustunlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda mutaxassislar tomonidan ustunlar o‘rnatiladigan joylarda chuqurlar qazilib, tayanch ustunlarni montaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi mahalla aholisini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress




