Dehqonobod tumani hokimi chorvadorlar bilan uchrashdi
2026-05-05 08:45:00 / Yangiliklar

Dehqonobod tumani hokimi chorvadorlar bilan uchrashdi
Dehqonobod tumani hokimi chorvadorlar va fermerlar bilan uchrashib, ularning muammo hamda takliflarini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida tumanda chorvachilikni yanada rivojlantirish, chorva bosh sonini ko‘paytirish, nasl sifatini yaxshilash, shuningdek, yaylov yerlaridan oqilona foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shu bilan birga, yaylov hududlarida chorva uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish yuzasidan chorvadorlar tomonidan bildirilgan takliflar tinglandi.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress





