Dehqonobodda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2025-12-18 13:10:00 / Yangiliklar
Dehqonobod tumanidagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va idora rahbarlari ishtirokida navbatdagi ommaviy fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul jarayonida aholining turli yo‘nalishlardagi murojaat va takliflari tinglandi. Har bir murojaat bo‘yicha tuman hokimi tomonidan joyiga chiqib o‘rganish, masalani tezkor va tizimli hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarga murojaatlarni rasmiylashtirish tartibi, davlat idoralari bilan hamkorlikda ishlash mexanizmlari bo‘yicha amaliy yo‘riqnoma va huquqiy tushuntirishlar berildi. Bu esa aholining murojaatlar bilan ishlash madaniyatini oshirishga xizmat qildi.
Mazkur ommaviy qabul aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularni samarali hal etish va davlat organlari bilan xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Dehqonobod tumanida bunday uchrashuvlarning muntazam o‘tkazilishi mahalliy boshqaruv samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress

