Dang‘ara hunarmandining ijodi Qo‘qon festivalida namoyish etilmoqda
2025-09-20 14:10:00 / Yangiliklar

Dang‘ara hunarmandining ijodi Qo‘qon festivalida namoyish etilmoqda
Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tayotgan uchinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalida Dang‘ara tumani hunarmandlari ham o‘z mahoratlarini namoyish etmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Hunarmandlar uyushmasi a’zosi Soxibaxon Mirazizova o‘z qo‘l mehnati orqali yog‘ochdan turli uy-ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlab, festivalda ishtirok etmoqda.
Uning asarlari orasida turfa shakl va o‘lchamdagi qoshiqlar, milliy uslubda yasalgan turli xo‘jalik vositalari hamda bezak buyumlari alohida e’tibor qozonmoqda.
Mazkur mahsulotlar nafaqat mahalliy aholi, balki xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan ham qiziqish bilan qarshi olinmoqda.
Festivaldagi ishtirok mahalliy hunarmandlarning imkoniyatlarini kengaytirib, ularning mahsulotlarini xalqaro bozorga olib chiqishda muhim qadam hisoblanadi.








