Dang‘ara tumanida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi
2025-08-30 10:50:00 / Yangiliklar
Dang‘ara tumanida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi

🔷O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Dang‘ara tumanida aholi uchun arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
🔷Yarmarkada hududiy ta’minot korxonalari hamda mahalliy dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur mahsulotlar sotilmoqda
🔷Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi uchun sifatli va arzon mahsulotlarni taqdim etish, bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlashdir.
🔷Mazkur arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi har kuni faoliyat yuritishi belgilangan.








