Dang‘ara tumanida 25-oktabr — “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
2026-10-24 15:30:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumanida 25-oktabr — “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
🔷Tadbirda tuman hokimi so‘zga chiqib, ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ichki ishlar organlari xodimlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilganini ta’kidladi.
🔷Bayram tadbiri davomida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa ularning mehnati va xizmatlariga bo‘lgan hurmat hamda e’tiborning ifodasi bo‘ldi.
🔷Tadbirning badiiy qismida tuman madaniyat xodimlari tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qo‘shiqlar bayramona muhitni yanada ko‘tarinki ruhga olib kirdi. Musiqiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga xushnudlik bag‘ishlab, bayram shukuhini oshirdi.









