Dang‘ara tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6–10-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Jadidlar izidan” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
2026-10-24 12:05:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6–10-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Jadidlar izidan” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🔷Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar jadid bobolarimizning boy ma’naviy merosi, milliy o‘zlikni anglash, ilm-ma’rifat va ta’lim-tarbiyani yuksaltirish yo‘lidagi fidokorona faoliyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.
🏆 Ko‘rik-tanlov ikki shart asosida tashkil etildi:
🔹 1-shart — Test sinovi. Ishtirokchilarning jadidchilik harakati, jadid namoyandalari hayoti va ijodi, ularning tariximiz hamda milliy ma’naviyatimiz rivojiga qo‘shgan hissasi bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
🔹 2-shart — Savol-javob. O‘quvchilar jadid bobolarimizning hayoti, ma’rifatparvarlik faoliyati, asarlari va ilgari surgan g‘oyalari yuzasidan berilgan savollarga javob berib, o‘z bilim va dunyoqarashlarini namoyon etdilar









