Dang‘ara tumanida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
2026-10-20 10:00:00 / Yangiliklar

🔷O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Dang‘ara tumanidagi 27-sonli musiqa va san’at maktabida “Ona tilim — faxrim, g‘ururim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir tashkil etildi.
🔷Tadbirda tuman hokimligi mas’ullari, madaniyat va san’at sohasi vakillari, ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagoglar hamda yoshlar ishtirok etdi.
🔷Bayram tadbirini tuman hokimi ochib berib, yig‘ilganlarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z nutqida o‘zbek tilining xalqimiz tarixi, milliy o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatlarimizni ifoda etishdagi beqiyos o‘rniga alohida to‘xtaldi.
🔷Tadbir davomida tuman madaniyat xodimlari hamda 27-sonli musiqa va san’at maktabining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan ona tilimiz, Vatanimiz va milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
🔷Badiiy chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va g‘ururimiz timsolidir. Uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodlarga bezavol yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir.









