DANG‘ARA TUMANIDA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
2026-10-19 16:00:00 / Yangiliklar

DANG‘ARA TUMANIDA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Dang‘ara tumanida Markaziy bankning Farg‘ona viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i S.A. Turg‘unboyev ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🔷Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, “Turon bank” vakillari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, shuningdek, tumandagi tadbirkorlar ishtirok etdi.
🔷Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari tinglandi. Bank-moliya xizmatlaridan foydalanish, kredit masalalari hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
🔷Bildirilgan murojaatlarni o‘rganish va ularni amaliy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.









