DANG‘ARA TUMANIDA “YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI VAZIFALAR BELGILAB BERILDI
2026-10-10 10:00:00 / Yangiliklar

DANG‘ARA TUMANIDA “YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI VAZIFALAR BELGILAB BERILDI
🔷Dang‘ara tumani hokimi, tashkilot rahbarlari hamda mahalla xodimlari ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, oldinda turgan vazifalar belgilab berildi.
🔷Uchrashuv davomida tuman hududida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish, daraxt va ko‘chatlarini ekish, mavjud yashil maydonlarni asrab-avaylash hamda ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔷Shuningdek, har bir mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, mas’ul tashkilotlar va mahalla xodimlarining vazifalari belgilab berildi. Ko‘chatlarni o‘z vaqtida ekish, ularning sug‘orilishi va parvarishini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini nazorat qilib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.




