“Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish”
2026-10-07 14:25:00 / Yangiliklar

“Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida Dang‘ara tumani 1-son texnikumida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
🔷Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi maslahatchisi Yusufjon Kamolov, tuman hokimligi vakillari, tegishli tashkilot va idoralar xodimlari hamda yoshlar ishtirok etdi.
🔷Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari, ularning inson salomatligi va kelajagiga yetkazadigan zarari haqida tushuntirishlar berildi.
🔷Shuningdek, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔷Mutasaddilar tomonidan yoshlarni giyohvandlikning har qanday ko‘rinishidan ogoh bo‘lishga, bunday illatlarga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishga chaqirildi.









