Ish yuritish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘quv-seminari
2026-10-07 09:00:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumanida viloyatdagi tuman va shahar prokuraturalari nozirlari hamda ish yurituvchi xodimlari ishtirokida “Ish yuritish faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
🔷Tadbir avvalida seminar ishtirokchilari Dang‘ara tumani prokuraturasida yo‘lga qo‘yilgan ish yuritish amaliyoti bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan, prokuraturaga kelib tushayotgan hujjatlarni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, ular yuzasidan ish yuritish hamda ijrosini nazorat qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida Dang‘ara tumani prokurori A.G‘. Boboxonov tomonidan batafsil ma’lumot berildi.
🔷Shuningdek, seminar davomida prokuratura organlarida jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarini qabul qilishni tashkil etish, murojaatlar bo‘yicha hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda axborot tizimlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔷Seminar davomida ish yuritish faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, hujjatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda murojaatlar bilan ishlash sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.






