1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Dang‘ara tumanida ta’lim sohasida mehnat qilayotgan fidoyi ustoz va murabbiylar ishtirokida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2026-09-29 12:00:00 / Yangiliklar

1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Dang‘ara tumanida ta’lim sohasida mehnat qilayotgan fidoyi ustoz va murabbiylar ishtirokida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🔷Tadbirda Dang‘ara tumani hokimi va tuman rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, maktabgacha va maktab ta’limi tizimi mutasaddilari, ta’lim muassasalari rahbarlari, ko‘p yillik mehnat faoliyatiga ega faxriy ustozlar, tajribali o‘qituvchilar hamda yosh pedagoglar ishtirok etdi.
🔷Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy qutlab, ularning yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rni va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.
🔷Tadbirda ustoz va murabbiylarning ko‘p yillik samarali mehnati, ta’lim sohasi taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi e’tirof etilib, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
🔷Bayram tadbiri davomida san’atkorlar tomonidan ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.









