Oqjar MFYda elektr ta’minoti tizimi yangilanmoqda
2026-09-28 11:00:00 / Yangiliklar

Oqjar MFYda elektr ta’minoti tizimi yangilanmoqda
🔷Dang‘ara tumani Oqjar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi uchun qulay va barqaror elektr ta’minotini ta’minlash maqsadida «Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla» dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
🔷Dastur doirasida SIP kabellari asosida havo elektr tarmog‘ini yangi tayanchlar o‘rnatgan holda tortish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar Dang‘ara tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan belgilangan texnik talablar asosida amalga oshirilmoqda.
🔷Yangi elektr tarmoqlari va tayanchlarning o‘rnatilishi mahallada elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish, tarmoqlardagi yuklamani meyorlashtirish hamda aholi xonadonlarini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.
🔷«Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur ishlar aholi turmush sharoitini yaxshilash va mahallalar infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga qaratilgan.









