Dang‘ara tumani hokimi Qirqlar mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarning ish jarayoni bilan tanishdi.
2026-09-23 11:10:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumani hokimi Qirqlar mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarning ish jarayoni bilan tanishdi.
🔷Tashrif davomida mahallada o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan fuqarolarning faoliyati, yaratilgan ish o‘rinlari, ishlab chiqarish hajmi hamda mavjud imkoniyatlar o‘rganildi.
🔷Tadbirkorlar bilan muloqot jarayonida ularning faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
🔷Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tadbirkorlik subyektlariga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
🔷Tashrif davomida tuman hokimi mahalladagi aholi xonadonlariga ham kirib, fuqarolarning holidan xabar oldi. Xonadonlarda mavjud sharoitlar bilan tanishilib, aholini qiynayotgan muammo va masalalar, ularning taklif hamda murojaatlari bevosita joyida tinglandi.







