BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!
2026-09-17 13:05:00 / Yangiliklar

BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!
🔷Yoshlar kuni munosabati bilan Dang‘ara tumani 3-son politexnikumida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning salbiy ta’siridan ogohlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlarni zararli illatlardan asrash maqsadida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
🔷«Biz giyohvandlikka qarshimiz!» shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimlig mas’ullari, mahalladagi yoshlar yetakchilari,politexnikum jamoasi va faol yoshlar ishtirok etdi.
🔷Tadbir davomida yoshlarga giyohvandlikning inson hayoti va salomatligiga salbiy ta’siri, uning jismoniy va ruhiy oqibatlari, oila va jamiyat farovonligiga yetkazadigan zarari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🔷Shuningdek, yoshlarni turli zararli odatlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, kasb-hunar egallash va jamiyat hayotida faol ishtirok etish muhimligi ta’kidlandi.









