O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
2026-08-26 18:00:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumani istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
🔷Tadbir avvalida tuman hokimi so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni mamlakatimiz hayotidagi muhim va qutlug‘ sana O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. O‘tgan davr mobaynida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar, xalq farovonligi va hududlar taraqqiyotini ta’minlash borasidagi ishlar alohida ta’kidlandi.
🔷Bayram tadbirining badiiy qismi tuman madaniyat bo‘limi jamoalari tomonidan tayyorlangan mazmunli va rang-barang dastur bilan davom etdi. Unda milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.









