Dang‘ara tumanida yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
2026-08-20 12:00:00 / Yangiliklar
Dang‘ara tumanida yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Dang‘ara tumanida yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
🔷Dang‘ara tumanida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida “Yoshlar kuni” doirasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
🔷Tadbir tuman Madaniyat markazida bo‘lib o‘tib, unda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, tuman Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mas’ullari, shuningdek, ish izlayotgan bitiruvchi va ishsiz yoshlar ishtirok etdi.
🔷Yarmarka davomida yoshlarga tuman hududida faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot va tadbirkorlik subyektlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.





