Dang‘ara tumanida yoshlar murojaatlari va belgilangan topshiriqlar ijrosi tahlil qilindi
2026-08-12 14:00:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumanida yoshlar murojaatlari va belgilangan topshiriqlar ijrosi tahlil qilindi
Ma’lumki, Respublika ishchi guruhining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish maqsadida Farg‘ona viloyati hokimligining ishchi guruhi tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Dang‘ara tumani hokimi Shuxratjon Tojixakimov raisligida, mas’ul idora va tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish doirasida belgilangan vazifalar ijrosi, hududlarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda berilgan topshiriqlar ijrosi atroflicha tahlil qilindi.
Muhokama yakunida mas’ul tashkilotlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ijro intizomini yanada kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.




