Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi tomonidan Farg‘ona viloyatida olib borilayotgan o‘rganishlar davomida Dang‘ara tumanida tashkil etilgan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
2026-07-29 12:00:00 / Yangiliklar

Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi tomonidan Farg‘ona viloyatida olib borilayotgan o‘rganishlar davomida Dang‘ara tumanida tashkil etilgan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔷Tumanning “Uvaysiy” mahallasida o‘tkazilgan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, murojaatlarini manzilli hal etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
🔷Xususan, fuqarolar uchun profilaktik tibbiy ko‘riklar tashkil etildi, tuman rahbarlarining shaxsiy qabullari o‘tkazilib, aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
🔷Shuningdek, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirokida sport musobaqalari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, fuqarolarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.









