Dang‘ara tumani hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli Pishqaron mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Xalq qabulxonasi binosida o‘tkazildi.
2026-07-29 11:00:00 / Yangiliklar

🔷Qabulda tuman hokimining o‘rinbosarlari, xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashi deputatlari hamda tegishli davlat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.
🔷Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, aholi bandligini ta’minlash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, tibbiy va moddiy yordam ko‘rsatish, yer munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, imtiyozli bank kreditlari ajratish bilan bog‘liq qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
🔷Har bir murojaat mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida amaldagi qonunchilik talablari asosida atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
🔷Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar tezkorlik bilan bartaraf etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar esa ijrosini ta’minlash uchun mas’ullarga biriktirilib, belgilangan muddatlarda ijrosi ta’minlanishi yuzasidan nazoratga olindi.









