Dangʻarada “Kitobxon mahalla yoshlar yetakchisi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi
2026-07-28 10:00:00 / Yangiliklar

Dangʻarada “Kitobxon mahalla yoshlar yetakchisi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi
🔷Dangʻara tumanida mahalla yoshlar yetakchilarining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning badiiy adabiyotga boʻlgan qiziqishini ragʻbatlantirish hamda maʼnaviy salohiyatini oshirish maqsadida “Kitobxon mahalla yoshlar yetakchisi” koʻrik-tanlovi tashkil etildi.
🔷Tadbirda Fargʻona viloyati hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi S.A. Tongotarova ishtirok etib, yoshlar yetakchilariga samimiy tilaklarini bildirib, tanlov jarayonlarini yaqindan kuzatdi.
🔷Tadbir doirasida S.A. Tongotarova tomonidan davlat tilini rivojlantirishga oid muhim masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, oʻzbek adabiy tili meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritilishi tavsiya etilgan yangi soʻz va atamalar roʻyxati ishtirokchilarga oʻqib eshittirildi.
🔷Tanlov davomida ishtirokchilar oʻzlari mutolaa qilgan badiiy asarlar, adabiyotga oid bilimlari hamda mahallalarda kitobxonlikni targʻib etish borasidagi tajribalarini namoyish etdilar.
🔷Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuvlarda ularning kitobga boʻlgan mehri, keng dunyoqarashi, tahliliy fikrlashi va yetakchilik salohiyati hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholandi.









