“Kitobxonlik festivali” doirasidagi tanlovlar yuqori saviyada tashkil etildi
2026-07-24 14:30:00 / Yangiliklar

🔷Dang‘ara tumani Musiqa va san’at maktabida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng faol kutubxonachi” hamda “Yosh kiberhimoyachi” ko‘rik-tanlovlari yuqori saviyada tashkil etildi.
🔷Tadbirda tuman hokimligi Ma’naviyat bo‘limi rahbari G. Axmedova, tuman hokimining maslahatchisi S. Irismatova, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, “Kelajak markazi” vakillari, maktab maslahatchilari, kutubxona mudirlari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.
🔷Tanlovlar davomida ishtirokchilarning kitobxonlik madaniyati, badiiy tafakkuri, ijodiy salohiyati, axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohasidagi bilim hamda amaliy ko‘nikmalari baholandi.
🔷Shuningdek, yoshlarda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani mustahkamlash, ijodkorlik qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan taqdimotlar hamda chiqishlar namoyish etildi.
🔷Tadbir yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va faol ishtirokchilar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.









