Dang‘ara tumanida rahbarlar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-07-23 10:00:00 / Yangiliklar

🔷Dang‘ara tumanida yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar mazmun-mohiyatini keng tushuntirish maqsadida tuman hokimi hamda tuman rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
🔷Uchrashuvda yoshlar tomonidan ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, kasb-hunar o‘rganish, sport va ijtimoiy sohalarga oid murojaat va takliflar tinglandi. Har bir masala yuzasidan mutasaddi rahbarlar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berilib, tegishli murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
🔷Shuningdek, muloqot davomida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar, grantlar, bandlikni ta’minlash, zamonaviy kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.






