Dang‘ara tumani hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli Pishqaron mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Xalq qabulxonasida o‘tkazildi.
2026-07-22 11:00:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumani hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli Pishqaron mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Xalq qabulxonasida o‘tkazildi.
🔷Qabulda tuman hokimining o‘rinbosarlari, xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashi deputatlari, hokim yordamchilari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini atroflicha ko‘rib chiqdilar.
🔷Qabul davomida aholi tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar, tibbiy va moddiy yordam, yer munosabatlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bank kreditlari ajratish, uy-joy hamda infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
🔷Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida qonunchilik talablari asosida muhokama qilinib, ijobiy hal etish choralari belgilandi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar shu yerning o‘zida bartaraf etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar esa ijrosi ta’minlanishi uchun mas’ullarga biriktirilib, nazoratga olindi.









