Dang‘ara tumanida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda
2026-07-20 12:00:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumanida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda
🔷Jazirama yoz mavsumida elektr energiyasiga bo‘lgan talabning keskin ortishi munosabati bilan Dang‘ara tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan elektr ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar kuchaytirildi.
🔷Xususan, tuman hududida elektr tarmoqlari va transformator punktlarining texnik holati doimiy nazoratga olinib, yuqori yuklamalarni bartaraf etish, aholi xonadonlariga yetkazib berilayotgan elektr kuchlanishini meyor darajasida saqlash hamda ehtimoliy nosozliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar olib borilmoqda.
🔷Jumladan, G‘umoyli mahallasida quvvati 250 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti (TP) o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa mahallada elektr tarmog‘iga tushayotgan yuklamani kamaytirish, kuchlanish barqarorligini ta’minlash va iste’molchilarga yanada sifatli elektr energiyasi yetkazib berish imkonini yaratmoqda.




