Dang‘ara tumanida "Ayollar daftari"ga kiritilgan hamda uy-joyini ta’mirlashga muhtoj deb topilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi manzilli yordam tadbiri tashkil etildi.
2026-07-15 11:10:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumanida "Ayollar daftari"ga kiritilgan hamda uy-joyini ta’mirlashga muhtoj deb topilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi manzilli yordam tadbiri tashkil etildi.
🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda ehtiyojmand oilalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Dang‘ara tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🔷Tadbirda Dang‘ara tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, tuman Kengashi raisi ishtirok etib, mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, munosib turmush sharoitini yaratish hamda ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladilar.
🔷Tadbir doirasida 22 nafar uy-joyini ta’mirlashga ehtiyojmand xotin-qizga qurilish materiallari topshirildi. Mazkur amaliy yordam ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, uy-joylarini ta’mirlash hamda munosib turmush kechirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.









