E’LON Renovatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha xususiy investorlar uchun Dastlabki malaka bosqichi e’lon qilinadi
2026-06-19 12:35:00 / Yangiliklar

E’LON Renovatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha xususiy investorlar uchun Dastlabki malaka bosqichi e’lon qilinadi
“Farg‘ona invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati hokimining 2026 yil 17 iyundagi 310-11-0-Q/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Beshariq, Bag‘dod, Dang‘ara va O‘zbekiston tumanlarida renovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha Dastlabki malaka bosqichi e’lon qilinganligini ma’lum qiladi.
Mazkur loyihalar Beshariq, Bag‘dod, Dang‘ara va O‘zbekiston tumanlarining arxitekturaviy qiyofasini yangilash, aholi uchun qulay va zamonaviy yashash muhitini shakllantirish, ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan hamda ma’nan eskirgan ikki qavatli, yakka tartibdagi uy-joylar va noturar obyektlar o‘rnida zamonaviy ko‘p kvartirali turar-joy majmualarini barpo etish maqsadida amalga oshiriladi.
1. Loyiha amalga oshiriladigan hududlar
Dastlabki malaka bosqichi quyidagi hududlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
Beshariq tumani
Bag‘dod tumani
Dang‘ara tumani
O‘zbekiston tumani
Har bir hudud bo‘yicha renovatsiya loyihasini amalga oshirish uchun xususiy investorlardan takliflar qabul qilinadi.
2. Dastlabki malaka bosqichining maqsadi
Dastlabki malaka bosqichining asosiy maqsadi - renovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun moliyaviy, tashkiliy, texnik va amaliy salohiyatga ega bo‘lgan xususiy investorlarni aniqlash hamda keyingi bosqichlarda ishtirok etish uchun munosib talabgorlarni saralashdan iborat.
3. Investorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar
Dastlabki malaka bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi:
renovatsiya, ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi yoki yirik qurilish-investitsiya loyihalarini amalga oshirish tajribasi;
loyihani moliyalashtirish imkoniyati va moliyaviy barqarorligi;
qurilish, loyihalashtirish, shaharsozlik va muhandislik infratuzilmasi bo‘yicha tashkiliy-texnik salohiyati;
aholi manfaatlarini ta’minlash, ko‘chirish, kompensatsiya va kelishuv jarayonlarida qonunchilik talablariga rioya qilish imkoniyati;
zamonaviy arxitektura, energosamaradorlik, qulay yashash muhiti va ijtimoiy infratuzilma talablarini inobatga olgan holda loyihani amalga oshirish taklifi.
4. Talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
Dastlabki malaka bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Dastlabki malaka bosqichida ishtirok etish to‘g‘risida ariza.
Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Talabgorning ta’sis hujjatlari va rahbar vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar.
Oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy hisobotlar yoki moliyaviy barqarorlikni tasdiqlovchi ma’lumotlar.
Qurilish, investitsiya yoki renovatsiya yo‘nalishida amalga oshirilgan loyihalar haqida ma’lumot.
Loyihani moliyalashtirish manbalari bo‘yicha dastlabki ma’lumot.
Taklif etilayotgan renovatsiya loyihasi bo‘yicha konseptual yondashuv.
Aholi bilan ishlash, kompensatsiya va ko‘chirish jarayonlarini qonunchilikka muvofiq tashkil etish bo‘yicha taklif.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot.
Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tasdiqlovchi hujjatlar.
5. Hujjatlarni qabul qilish muddati va tartibi
Talabgorlar tomonidan Dastlabki malaka bosqichida ishtirok etish uchun hujjatlar ushbu e’lon rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab belgilangan muddat davomida qabul qilinadi.
Hujjatlar “Farg‘ona invest kompaniyasi” AJga yozma shaklda yoki elektron tarzda taqdim etiladi.
Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona eko shahar “Farg‘ona Ekspo Xalqaro ko‘rgazmalar markazi” 2-qavat 10-xona
Telefon: 99-363-39-37, 97 557 22 50
Elektron pochta: fargonainvest@info.uz
Rasmiy veb-sayt: fargonainvest.uz
6. Muhim shartlar
Dastlabki malaka bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar keyingi bosqichlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Dastlabki malaka bosqichidan o‘tish talabgorni loyihani amalga oshiruvchi investor sifatida yakuniy tanlanganligini anglatmaydi. Investorni tanlash va loyihani amalga oshirish bo‘yicha keyingi jarayonlar amaldagi qonunchilik talablari, Farg‘ona viloyati hokimining tegishli qarori hamda belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
7. Huquqiy asoslar
Mazkur Dastlabki malaka bosqichi quyidagi hujjatlar asosida e’lon qilinmoqda:
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 sentabrdagi PF-135-son Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 13 fevraldagi PQ-61-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 fevraldagi PF-29-son Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 08.04.2026 yildagi 151-son qarori
Farg‘ona viloyati hokimining 2026 yil 17 iyundagi 310-11-0-Q/26-son qarori.
“Farg‘ona invest kompaniyasi” AJ Renovatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli tashkilot.
