Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
2026-06-18 12:00:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi.
🔷 Uchrashuvda viloyat Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi raxbarlari, tuman hokimi, tashkilot va idoralar rahbarlari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
🔷Tadbir davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar muhokama qilindi.
🔷Shuningdek, har bir yosh bilan alohida suhbat o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni hal etish choralari belgilab olindi.
🔷Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga yechim topish hamda tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.







